Bu yil maktab bitiruvchilarining davlat OTMga kirish natijalari qanday bo`ldi?

2020 yilda maktab bitiruvchilari abituriyentlarning atigi 23 foizini tashkil etgan bo‘lsada, davlat granti uchun ajratilgan kvotaning 50 foizini egalladi.

Umumta’lim maktab bitiruvchilarining OTMga o‘qishga kirish ko‘rsatkichini avvalgi yillar bilan taqqoslaganda yaxshilanib borayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Xususan, joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalariga qariyb 1,5 mln. abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa shundan 23 foizini (347 ming nafar) maktab bitiruvchilari tashkil qilgan. Qolganlari akademik litsey va kollej bitiruvchilari hamda eng katta qismi avvalgi yillarning bitiruvchilari bo‘lgan. Ularning ham ko‘pchiligi bir yil davomida repetitorlarga va tayyorlov kurslariga borishgan bo‘lsada, maktabning bu yilgi bitiruvchilari natijasi yuqoriroq bo‘ldi.

11-sinf bitiruvchilarining 77 foizi talaba bo‘lish istagini bildirgani ularning o‘tgan yilga nisbatan o‘qishga kirish ishtiyoqi ikki baravarga oshganini ko‘rsatmoqda, bu ko‘rsatkich avvalgi yilga nisbatan 174 ming nafarga yoki 16 foizga ko‘p.

E’tiborli jihati, maktab bitiruvchilari abituriyentlarning atigi 23 foizini tashkil qilgan bo‘lsada Oliy ta’lim muassasalari uchun ajratilgan jami kvotaning — 34 foizini (47,9 ming), davlat granti uchun ajratilgan kvotaning — 50 foizini (11,8 ming), to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan kvotaning — 31 foizni (36,1 ming) egallagan. Bu esa maktablarda ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni oliy ta’limga yo‘naltirish ishlarining samarasiga yaqqol misoldir. Variativ o‘quv rejalarini joriy etilgan sinflarda an’anaviy o‘quv rejada o‘qiydiganlarga qaraganda OTMga kirish ko‘rsatkichi yuqoriroq bo‘lgan.

Maktab bitiruvchilarining davlat OTMga kirish natijalari diagrammalarda (nodavlat va xorijiy OTMlar bu yerda hisobga olinmagan):

Ulashing | Поделись этим: