Yosh kitobxonga Prezident sovg`asi – "Spark" avtomashinasi topshirildi - Dono.uz

Yosh kitobxonga Prezident sovg`asi – «Spark» avtomashinasi topshirildi

«Yosh kitobxon» tanlovining 15-19 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegayli tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Kokanova Nursulu birinchi o‘rinni egalladi va Prezident sovg‘asi – «Spark» avtomobili bilan taqdirlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

2-o‘rinni Andijon viloyati Paxtaobod tumani 34-umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Dilnavoz Ne’matullayeva qo‘lga kiritdi. 3-o‘ringa esa buxorolik Baxriddin Rafiqov munosib deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 24-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Mahliyo O‘roqova mazkur tanlovning 10-14 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, «Spark» bilan taqdirlangandi.

Free WordPress Themes