Bolalar-oʻsmirlar ot sporti maktablari tashkil etiladi - Dono.uz

Bolalar-oʻsmirlar ot sporti maktablari tashkil etiladi

Oʻzbekistonning oʻnta hududida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-oʻsmirlar ot sporti maktablari tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilingani haqida “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Qarorga muvofiq, 2019-2020 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-oʻsmirlar ot sporti maktablari tashkil etiladi.
Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha innovatsion seleksiya-genetika markazi tashkil etildi.
Bolalar-oʻsmirlar ot sporti maktablari birinchi navbatda ippodromlar hududida tashkil etiladi.
2019 yilda ot sporti boʻyicha hududlar va respublika birinchiligi musobaqalari oʻtkaziladi.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni ippoterapiya uslubi (otda yurish orqali fizioterapevtik davolash) yordamida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilinadi.
Free WordPress Themes