O‘zbekistonda bolalar uchun yana bir telekanal paydo bo‘lishi mumkin - Dono.uz

O‘zbekistonda bolalar uchun yana bir telekanal paydo bo‘lishi mumkin

Maktabgacha ta’lim vazirligida Janubiy Koreyaning EBS teleradiokompaniyasi bilan vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv chog‘ida bolalar uchun ta’lim telekanali tashkil etish istiqbollari, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun zamonaviy ta’lim media-kontentlari yaratish imkoniyatlari, malakali media-mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’limiy dasturlar saqlanuvchi data-markaz tashkil etish, vazirlik mutaxassislarini Koreyaning ta’limiy dasturlar uzatuvchi tizimida amaliyot o‘tash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Yelena Tenga ko‘ra, EBS mutaxassislarining interaktiv ta’lim kontentlarini yaratishdagi tajribasiga e’tibor qaratilmoqda. Tomonlar aprel oyida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, EBS 1980-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni kunda o‘z ichiga 8 ta telekanal va qator Youtube kanallarini olgan.

Manba: daryo.uz

Free WordPress Themes