“Dono bilimdonlar” respublika tanloviga marhamat! - Dono.uz

“Dono bilimdonlar” respublika tanloviga marhamat!

“Dono Nashriyoti” muassisligidagi “Bilimdon”, “Dono vord”, “Znayka” va “Eksellent” jurnallari tomonidan Adabiyot yoʻnalishida oʻtkazilayotgan “Dono bilimdonlar” respublika tanlovini tashkil etdi.

Tanlov tartib-qoidalari:

  1. Tanlov bosqichlari va ularni oʻtkazish muddatlari (2019 yil fevral – oktabr).

Maktab (sinflararo) bosqichi – 9 fevraldan 15 martgacha (uchinchi chorak taʼtili boshlangunga qadar).

Tuman, shahar (maktablararo) bosqichi – 2 apreldan 25 aprelgacha.

Viloyat (shahar, tumanlararo) bosqichi – 5 sentyabrdan 20 sentyabrgacha.

Respublika (viloyatlararo) bosqichi – 7 oktyabrdan 15 oktyabrgacha.

Gʻoliblarni taqdirlash – 18 oktabr.

* Izoh: Tanlov bosqichlarini oʻtkazish muddatlariga oʻzgartirish kiritilganda bu haqda tegishli tartibda ogohlantirish beriladi.

Tanlovni oʻtkazish joyi.

Maktab (sinflararo) bosqichi shu maktabning oʻzida oʻtkaziladi.

Tuman, shahar (maktablararo) bosqichi shu hudud (tuman, shahar) XTB maʼmuriyati koʻrsatgan yoki taklif etgan joy (bino)da oʻtkaziladi.

Viloyat (shahar, tumanlararo) bosqichi shu hudud (viloyat) XTB maʼmuriyati koʻrsatgan yoki taklif etgan joy (bino)da oʻtkaziladi.

Respublika (viloyatlararo) bosqichi va gʻoliblarni taqdirlash marosimi Toshkent shahrida oʻtkaziladi.

III. Tanlov ishtirokchilari.

1-11 sinflarning 5 nafar oʻquvchilaridan iborat jamoalari.

Umumiy qoida: muayyan tushunchalardan kelib chiqib, tanlov qaysi bosqichda yoki nechanchi sinflar oʻrtasida oʻtkazilishidan qatʼi nazar har bir jamoa raqamlanishi zarur. Bu holat tanlov davomida betartib chiqishlarning oldini oladi. Masalan, 1-A, 1-B, 1-V sinflar boʻlsa, oʻz-oʻzidan ular 1, 2, 3 tartib raqamlari bilan belgilanadi.

Tanlov Hakamlar hayʼati.

Maktab (sinflararo) bosqichida jamoalarni har bir maktabning ona tili va adabiyot oʻqituvchilari, Yoshlar ittifoqining maktabdagi sardorlari hamda maktab maʼmuriyati vakilidan iborat 5 nafar Hakamlar hayʼati baholab boradi.

Tuman, shahar (maktablararo) bosqichida jamoalarni shu hudud (tuman, shahar) XTB maʼmuriyati, Yoshlar ittifoqi Kengashi vakillari, mahalliy gazeta muharriri va boshqa taklif etilgan mutaxassislardan iborat 5 nafar Hakamlar hayʼati baholab boradi.

Viloyat (shahar, tumanlararo) bosqichida jamoalarni shu hudud (viloyat) XTB maʼmuriyati, Matbuot va axborot boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, “Dono nashriyoti” vakillari va boshqa taklif etilgan mutaxassislardan iborat 5 nafar Hakamlar hayʼati baholab boradi.

Respublika (viloyatlararo) bosqichida jamoalarni Matbuot va axborot agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, “Dono nashriyoti” masʼullaridan iborat 5 nafar Hakamlar hayʼati baholab boradi.

Tanlovning yoritilishi.

1) Birinchi bosqich – maktab (sinflararo) hamda ikkinchi bosqich – tuman, shahar (maktablararo) tanlovlar jarayoni shu maktab yoki hudud XTB maʼmuriyati belgilangan masʼul shaxs tomonidan sifatli suratga (uyali aloqa vositasi bilan ham) olinib, tegishli maʼlumotlar bilan birga (tanlovning shu bosqichi oʻtkazilayotgan viloyat, tuman yoki shahar, sinf, maktablar, ishtirokchilar soni, Hayʼat aʼzolari haqidagi maʼlumotlar aniq koʻrsatilgan holda) @DonoBilimdonlari telegramm manzilga yoki bilimdon_press@mail.ru elektron pochtaga, shuningdek dono.uz saytiga yuborilishi kerak. Yuborilgan sifatli fotosuratlar va maʼlumotlar asosida reportajlar tayyorlanib jurnallarda chop  etiladi. Gʻoliblarga maxsus sovgʻalar yuboriladi.

* Izoh: Tanlov jarayonlarini suratga olib, ular bilan birga tegishli maʼlumotni yuqorida koʻrsatilgan manzillarga yuborgan masʼul shaxs oʻz telefon raqami, ism-sharifini ham (savol tugʻilganda aniqlik kiritish va material muallifi sifatida jurnalda koʻrsatish uchun) yuborishi kerak.

2) Tanlovning viloyat va respublika bosqichlari mahalliy hamda markaziy OAVlarda keng yoritiladi.

Tanlov shartlari.

1-2-sinflar uchun.

1-shart. Kim koʻp sheʼr biladi? Ushbu shartda har jamoadan bir 1 nafardan oʻquvchi ishtirok etadi. Bunda oʻquvchilar navbati bilan 4 misradan sheʼr oʻqishlari kerak. Keyingi davrada qaysi oʻquvchi navbati kelganda sheʼr oʻqiy olmasa, oʻyindan chetlashtiriladi va bu jarayon bir nafar gʻolib qolguncha davom etadi. Shart bajarilishi uchun jamoalarga umumiy 20 daqiqadan 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

2-shart. Erkin mavzu. Bunda qoʻshiq, raqs, sahna koʻrinishi, cholgʻu asbobida kuy chalish (shulardan bittasi) va boshqalar ijro etilishi kerak. Ushbu shart jamoaviy yoki bir nafar ishtirokchi tomonidan bajarilishi mumkin.

3-shart. Quvnoq alifbo. Har bir jamoaga bittadan varaqqa harflarning alifbodagi tartib raqamlari aralashtirib yozib beriladi. Raqamlarning toʻgʻrisiga tegishli harfni yozishlari kerak.  Masalan 3-D, 5-F, 7-H, 10-K, 14-O koʻrinishida  boʻlishi mumkin. Bunda faqat raqamlar beriladi, harflar yozilmaydi. Ushbu shart jamoaviy bajarilib, buning uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi. Javoblar yigʻib olinib, hakamlar tomonidan tekshirib baholanadi.

2) 3-4-sinflar uchun.

1-shart. Kim koʻp sheʼr biladi? Ushbu shartda har jamoadan bir 1 nafardan oʻquvchi ishtirok etadi. Bunda oʻquvchilar navbati bilan 4 misradan sheʼr oʻqishlari kerak. Keyingi davrada qaysi oʻquvchi navbati kelganda sheʼr oʻqiy olmasa, oʻyindan chetlashtiriladi va bu jarayon bir nafar gʻolib qolguncha davom etadi. Shart bajarilishi uchun jamoalarga umumiy 20 daqiqadan 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

2-shart. Erkin mavzu. Bunda qoʻshiq, raqs, sahna koʻrinishi, cholgʻu asbobida kuy chalish va boshqalar ijro etilishi kerak. Ushbu shart jamoaviy yoki bir nafar ishtirokchi tomonidan bajarilishi mumkin.

3-shart. Maqolni davom eting. Ushbu shartda har bir jamoaga bittadan varaqda 5 tadan maqollarning dastlabki qismi yoki soʻzlari yozib beriladi. Mazkur maqollar davomini oʻquvchilar davom ettirib yozishlari kerak. Javoblar yigʻib olinib, hakamlar tomonidan tekshirib baholanadi.

3) 5-6-sinflar uchun.

Umumiy qoida: Adabiyot oʻqituvchilari har bir sinfdan eng iqtidorli 5 nafardan oʻquvchilarni alohida jamoa qilib tanlab oladi. Avval 5-sinflar oʻrtasida 5-sinf adabiyot darsligida berilgan mavzular yuzasidan 6-sinflar uchun 5-6- sinflar adabiyotidan savollar tuzib, 5 tadan savolni test usulida 1 tadan varaqqa yozib chiqadilar. Quyida namuna sifatida shartlarni tayyorlash koʻrsatib oʻtilgan.

1-shart. Test sinovi.

Masalan:

Oʻ. Hoshimovning asari qaysi javobda toʻgʻri berilgan.

  1. A) “Sariq devni minib”
  2. B) “Oq kema
  3. S) “Gilam paypoq”
  4. D) “Mening oʻgʻrigina bolam”

Shunday koʻrinishda har xil testlar tuzilib, 5-sinflar 4 ta boʻlsa 4 ta jamoaga 5 tadan savol yozilgan 4 ta varaq (test)lar tarqatiladi. Sinflar koʻp yoki ozligiga qarab test varaqlari  qoʻshiladi yoki kamaytiriladi. Ushbu shart jamoaviy bajarilib, buning uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi. Javoblar yigʻib olinib, hakamlar tomonidan tekshirib baholanadi.

2- shart. Soʻz oʻyini. 6 yoki 8 harfdan iborat soʻz harflari aralash qilib, A1 format (594×841 mm.)li list (qogʻoz)ga yoziladi yoki tayyor harflar qirqib yopishtiriladi. Jamoalar aralash harflarda yashiringan kalit soʻzni topishlari kerak va faqat shu soʻzdagi harflar ishtirokida boshqa yangi soʻzlar hosil qilishlari kerak.

Masalan,kalit soʻz hisoblangan Kamolot soʻzini O, L, A, K, T, O, M koʻrinishida aralashtirib yozib, undan taxminan navbatdagi soʻzlarni yasash mumkin: ot, ol, aka, ota, alla… va hokazo kabi  davom ettirish mumkin. Bu oʻyinda koʻrsatilgan harflarni takror qoʻllash mumkin, ammo bu yerda koʻrsatilmagan boshqa harfni qoʻshib soʻz yasash mumkin emas. Kalit soʻz bilan birga eng koʻp soʻz topgan jamoa gʻolib boʻladi. Har bir yangi soʻz 3 ball bilan baholanadi, Kalit soʻzni topa olmagan jamoadan 5 ta soʻz, yaʼni 15 ball olib tashlanadi. Ushbu shart jamoaviy bajarilib, buning uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi. Javoblar yigʻib olinib, hakamlar tomonidan tekshirib baholanadi.

3-shart. Erkin mavzu. Bunda qoʻshiq, raqs, sahna koʻrinishi, cholgʻu asbobida kuy chalish (shulardan bittasi) va boshqalar ijro etilishi kerak. Ushbu shart jamoaviy yoki bir nafar ishtirokchi tomonidan bajarilishi mumkin. Shart bajarilishi uchun jamoalarga umumiy 20 daqiqadan 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

4-shart. Bahru-bayt bahsi. Ushbu shartda har jamoadan bir 1 nafardan oʻquvchi ishtirok etadi. Bunda oʻquvchilar navbati bilan 4 misradan sheʼr yoki gʻazal oʻqishlari kerak. Oʻzidan avvalgi oʻquvchi oʻqigan sheʼr yoki gʻazalning eng oxirgi harfidan navbatdagi oʻquvchi sheʼr yoki gʻazalni boshlashi kerak. Agar navbatdagi oʻquvchi 5 soniya toʻxtab qolib Bahru baytni boshlay olmasa u oʻyinni tark etadi. Har bitta sheʼr yoki gʻazal 5 ball bilan baholanadi, muallifi nomaʼlum yoki oʻquvchilar oʻzlari yozgan sheʼrlar hisobga olinmaydi. Shart bajarilishi uchun jamoalarga umumiy 20 daqiqadan 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi (bu shartlar  6-sinflarga ham tegishli).

4) 7-11- sinflar uchun.

1-shart. Test sinovi. 7-sinflar uchun, 5-6-7-sinflar  adabiyot darsliklari asosida tuzilgan savollardan test tarqatiladi (5-6 sinflar 1-shartiga qaralsin).

2-shart. Soʻz oʻyini. 8 yoki 10 ta harfdan iborat soʻz harflari aralashtirib doskaga teskari qilib osib qoʻyiladi. Hamma jamoalar tayyor boʻlgach, soʻz oʻyini ochiladi va soʻz topish boshlanadi. Kalit soʻz bilan birga eng koʻp soʻz topgan jamoa gʻolib boʻladi. Har bir yangi soʻz 3 ball bilan baholanadi, Kalit soʻzni topa olmagan jamoadan 5 ta soʻz, yaʼni 15 ball olib tashlanadi. Ushbu shart jamoaviy bajarilib, buning uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi. Javoblar yigʻib olinib, hakamlar tomonidan tekshirib baholanadi.

3-shart. Erkin mavzu. Bunda qoʻshiq, raqs, sahna koʻrinishi, cholgʻu asbobida kuy chalish (shulardan bittasi) va boshqalar ijro etilishi kerak. Ushbu shart jamoaviy yoki bir nafar ishtirokchi tomonidan bajarilishi mumkin. Shart bajarilishi uchun jamoalarga umumiy 20 daqiqadan 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

4-shart. Bahru-bayt bahsi. Ushbu shartda har jamoadan bir 1 nafardan oʻquvchi ishtirok etadi. Bunda oʻquvchilar navbati bilan 4 misradan sheʼr yoki gʻazal oʻqishlari kerak. Oʻzidan avvalgi oʻquvchi oʻqigan sheʼr yoki gʻazalning eng oxirgi harfidan navbatdagi oʻquvchi sheʼr yoki gʻazalni boshlashi kerak. Agar navbatdagi oʻquchi 5 soniya toʻxtab qolib Bahru baytni boshlay olmasa u oʻyinni tark etadi. Har bitta sheʼr yoki gʻazal 5 ball bilan baholanadi, muallifi nomaʼlum yoki oʻquvchilar oʻzlari yozgan sheʼrlar hisobga olinmaydi.

Shart bajarilishi uchun jamoalarga umumiy 20 daqiqadan 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi (bu shartlar  6-sinflarga ham tegishli).

5) Tuman, shahar bosqichi uchun gʻolib jamoani saralash.

7-11-sinfgacha har bir sinflar orasidan gʻolib boʻlgan bittadan jamoa, yaʼni 5 nafardan jamoalar maktabdan hal qiluvchi oxirgi tanlovda qatnashadilar. Saralovchi bu tanlov uchun adabiyot oʻqituvchilari tomonidan 5-10-sinf adabiyot darsligidan 1 tadan varaqqa test savollari yozib tarqatiladi. Soʻz oʻyini ham boshqa 9,10 ta harfdan kam boʻlmagan soʻzdan tuzilishi kerak. Erkin mavzu, Bahru-bayt shartlari ham yuqorida koʻrsatilgan tartibda oʻtkaziladi. Bellashuv soʻnggida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan 1 ta jamoa gʻolib boʻlib tuman, shahar bosqichiga tavsiya etiladi.

Eslatma:

  1. A) Har bir shart 5 nafar aʼzodan tuzilgan Hakamlar hayʼati tomonidan shaffof holatda – oʻquvchilarning koʻz oldida baholab 5 nafar Hakamlarning 2 nafari 1-shart, yaʼni test baholarini toʻgʻri javobiga koʻra baholab, 2-shart bajarilgunga qadar har bir sinfning baholarini oʻz oʻrniga yozib boradilar. Test va soʻz oʻyini varaqlariga oʻquvchilar oʻz sinflarini aniq qilib yozib qoʻyishlari shart. Shunday qilib navbati bilan har bir shart baholari keyingi shart bajarilgunga qadar yoki vaziyatga qarab baholab Hayʼat aʼzolari tomonidan eʼlon qilib boriladi. Faqat erkin mavzu sharti 3 dan 5 ballgacha baholar yozilgan tayoqchalar bilan koʻrsatiladi va bu ballar ham Hakamlarning maxsus varagʻidagi baholarga qoʻshiladi. Tanlov tugagach, barcha yigʻilgan ballar hisoblanib gʻoliblar eʼlon qilinadi
  2. B) Tuman, shahardagi har bir maktabdan saralangan 5 nafardan oʻquvchilar jamoa boʻlib, oʻz nomlarini tanlab, emblema va maktab formalarida tanlovning navbatdagi bosqichiga tavsiya etiladi.

Navbatdagi bosqich uchun tanlov shartlari eʼlon qilinadi

Qoʻshimcha maʼlumot uchun ushbu telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin. (73) 226-72-72, (90) 627-66-96.

Free WordPress Themes