O‘zbekiston chempionlari aniq bo‘ldi

Erkin kurash bo‘yicha barcha vazn toifalarida O‘zbekiston chempionlari ma’lum bo‘ldi.Navoiy shahrida sport kurashlari (yunon-rum, erkin va ayollar kurashi) bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.

Biroz avval Yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi zalida erkin kurash bo‘yicha final bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Barcha 10 vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi.

Ta’kidlash joiz, 57 kg vazn toifasida yoshlar o‘rtasida Osiyo va jahon chempioni, o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi Umidjon Jalolov o‘zi uchun yangi vazn toifasida imkoniyatini sinab ko‘rdi. Umidli kurashchimiz 61 kg vaznda finalga qadar yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bir necha yillik tanaffusdan so‘ng faoliyatini qayta tiklagan erkin kurashimiz afsonasi, ikki karra jahon chempioni Osiyo o‘yinlarining uch karra g‘olibi, Osiyo chempioni Dilshod Mansurov O‘zbekiston chempionatini chiroyli g‘alabalar bilan boshlagan edi. Lekin yakunda 37 yoshli kurashchimizga sovrindorlar safidan joy olish nasib etmadi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar:

57 kg

1. G‘ulom Abdullayev (Xorazm)
2. Mahmudjon Shavkatov (Andijon)
3. Nodir Safarov (Toshkent viloyati)
3. Farrux Sharipov (Sirdaryo)

61 kg

1. Jahongirmirzo Turobov (Buxoro)
2. Umid Jalolov (Toshkent)
3. Abdullo Xursandov (Samarqand)
3. Sardor Ro‘zimov (Xorazm)

65 kg

1. Nodir Rahimov (Andijon)
2. Jamshid Ma’rufov (Sirdaryo)
3. Rasul Nurimbetov (Surxondaryo)
3. Abbos Rahmonov (Navoiy)

70 kg

1. Sirojiddin Hasanov (Buxoro)
2. Husniddin Erkaboyev (Xorazm)
3. Feruz Yoqubov (Buxoro)
3. Rustam Jo‘rayev (Sirdaryo)

74 kg

1. Mirzo Haitov (Buxoro)
2. Ramazon Ibodov (Buxoro)
3. Muslim Abdurashidov (Namangan)
3. Arslon Jumaboyev (Surxondaryo)

79 kg

1. Azizbek Fayzullayev (Toshkent shahri)
2. Jasurbek Usmonoxunov (Andijon)
3. Shohruh Sapayev (Andijon)
3. Oybek Maksetbayev (Surxondaryo)

86 kg

1. Bobur Islomov (Buxoro)
2. Sohib Hasanboyev (Toshkent shahri)
3. Nodir Egamberdiyev (Surxondaryo)
3. Behzod Tohirov (Navoiy)

92 kg

1. Rustam Shodiyev (Buxoro)
2. Ajiniyaz Saparniyazov (Qoraqalpog‘iston)
3. Temur Qutbiddinov (Navoiy)
3. Shahrizod Nosirov (Buxoro)

97 kg

1. Muhammadrasul Rahimov (Toshkent shahri)
2. Sardor Xolmatov (Toshkent shahri)
3. Bahodir Aslonov (Navoiy)
3. Abduxoliq Salimov (Qashqadaryo)

125 kg

1. Maqsud Veysalov (Sirdaryo)
2. Asilbek Abduraimov (Samarqand)
3. Umid Jo‘rayev (Toshkent shahri)
3. Amir Nutfullayev (Buxoro)

O‘zbekiston Sport kurashlari assotsitsiyasi matbuot xizmati

Ulashing | Поделись этим: