Dunyoning badavlat odami

«Bloomberg» talqiniga ko‘ra, «Tesla» va «Space X» kompaniyalari rahbari Ilon Mask dunyoning eng boy uchinchi odamiga aylandi.

Boyliklari bilan  Mask «Facebook» asoschisi Mark Sukerbergni ortda qoldirdi.  

Qayd etilishicha, joriy yilning noyabr holatiga ko‘ra, Maskning boyligi 120 milliard dollarga, Sukerbergning boyligi esa 103 milliard dollarga yetgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, «Tesla» aksiyalarining 10 foizga o‘sgani sababli Maskning boyligi bir kunda 10,2 milliard dollarga ko‘paygan.

Boyligi 183 milliard dollarga yetgan «Amazon» kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos  dunyoning eng davlatmand odamlar reytingida karvonboshilik qilmoqda.

Undan keyingi o‘rinda «Microsoft» asoschisi Bill Geyts 128 milliard dollar mablag‘i bilan reytingning keyingi pog‘onasini egallagan.

Ulashing | Поделись этим: