Islom Karimovning sevimli kitoblari - Dono.uz

Islom Karimovning sevimli kitoblari

Buyuk davlat va siyosat arbobi, oʻzbek xalqining ulugʻ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning sevimli kitoblari roʻyxati bilan tanishtiramiz.

Loyihamizda rahbarlarning sevimli 3 ta kitoblari haqida maʼlumot berar edik. Lekin bugun istisno tariqasida bu miqdorni ancha koʻpaytirdik. Sababi Tatyana Karimovaning xotirlashicha, Islom Abdugʻaniyevich juda koʻp kitob oʻqiganlar. Samolyotda, yoʻlda, uyda… Kitob oʻqish ularning eng sevimli mashgʻulotlaridan biri boʻlgan ekan, boʻsh vaqtlari boʻlishi bilan mutolaa qilishni yoqtirgan ekanlar. Shuning uchun ham 3 tagina kitobga toʻxtalish anchayin mushkullik tugʻdirishini bildirdilar. Shunga koʻra, Tatyana Akbarovna Islom Karimov sevib mutolaa qilgan 15 ta kitoblar roʻyxatini taqdim qildilar.

Yana ham aniqrogʻi ushbu roʻyxatni Islom Karimovning sevimli 15 nafar adiblari roʻyxati desak ham boʻladi, chunki ayrim adiblarning bir nechta asarlari eslab oʻtilgan.

Islom Abdugʻaniyevich Karimovning sevimli asarlari roʻyxati:

  • Amir Temur. “Temur tuzuklari”;
  • Imom Buxoriy. “Al-Jomeʼ as-sahih”;
  • Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon”;
  • Said Ahmad. “Ufq” trilogiyasi, “Jimjitlik”;
  • Pirimqul Qodirov. “Yulduzli tunlar”;
  • Odil Yoqubov. “Ulugʻbek xazinasi”;
  • Teodor Drayzer. “Moliyachi”, “Titan” va “Matonatli” trilogiyasi;
  • Ernest Heminguey. “Chol va dengiz”, “Qoʻngʻiroq kimni chorlayapti?”;
  • Djeyms Makgregor Berns. “Franklin Ruzvelt. Inson va siyosatchi” (asli: “Roosevelt. The Soldier of Freedom”);
  • V.G.Truxanovskiy. “Uinston Cherchill: siyosiy biografiya”;
  • Chingiz Aytmatov. “Kassandra tamgʻasi”, “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat”, “Oq kema” va boshqalar;
  • A.Soljenisin. “Birinchi doirada” (“V kruge pervom”), “Gulag Arxipelagi” va boshqalar;
  • Yulian Semenov. Romanlar, qissalar va hikoyalar;
  • Valentin Pikul. “Soʻz va ish” (“Slovo i delo”), “Boyazid qalʼasi” (“Bayazet”) romanlari hamda “Favorit” turkumiga kiruvchi asarlar;
  • Konfutsiy. “Hikmatlar”.
Free WordPress Themes