Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligiga - Dono.uz

Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligiga

Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978 yilda bitirdi. Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillarda «O’zbekiston ovozi» gazetasida, O’zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o‘qidi. 1997 yildan boshlab O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari lavoshmida ishladi.

M. Yusuf O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998) hisoblanadi. Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan edi. Bevaqt o‘lim shoirni oramizdan olib ketdi.

Kitoblari va she’rlari: «Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) va boshq.

Muhammad Yusuf «Men o‘z bilganimdan qolmadim» she’rida she’r va shoirlikni shunday anglaydi.

Quvroq bo‘l deyishdi. Yolg‘on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko‘rdim, qorani – qora
Men o‘z bilganimdan qolmadim.

Linklar:

Muhammad Yusuf hayoti va ijodi
Muhammad Yusuf she’rlaridan namunalar
Muhammad Yusuf hayoti va ijod yo`li
1954 yil 26 aprelda Andijonning Marhamat tumanida tug’ildi

Free WordPress Themes