5 tashabbus doirasida o‘tkaziladigan musobaqa va tanlovlar tasdiqlandi - Dono.uz

5 tashabbus doirasida o‘tkaziladigan musobaqa va tanlovlar tasdiqlandi

Xalq ta’limi vazirligi 5 ta tashabbus bo‘yicha o‘tkaziladigan sport musobaqalari va tanlovlarni tasdiqladi.

Bu nima degani: maktablar hozir urf bo‘lgan «5 ta tashabbus»ni amalga oshirish o‘chog‘i bo‘lishi lozim edi.

«5 ta tashabbus» yoshlar bilan 5 ta yo‘nalishda ishlash metodidir: san’at, sport, IT texnologiyalar, kitobxonlik va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash.

Mazkur tashabbuslarni amalga oshirishda maktablarning infratuzilmasidan maqsadli foydalanish ko‘zda tutilgan. O‘quvchi va mahalla yoshlari uchun madaniy, sport va fan, IT texnologiyalar to‘garaklari tashkil etilishi kerak.

  • Birinchi tashabbus: “Ijodkor bolalar” festivali va “Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari” respublika ko‘rik-tanlovi;
  • ikkinchi tashabbus: maktab o‘quvchilari ishtirokida shaxmat va “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” shiori ostida o‘tkaziladigan chempionatlar, “Quvnoq startlar” sport musobaqalari; imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilari o‘rtasida yengil atletika, shaxmat va quvnoq estafetalar bo‘yicha ikki bosqichli sport musobaqasi;
  • uchinchi tashabbus: “Yilning eng yaxshi dasturchisi” va “Kashfiyotchi bolalar” respublika ko‘rik-tanlovi;
  • to‘rtinchi tashabbus: “Men sevgan adabiy qahramon” mavzusida insholar tanlovi, “Yosh kitobxonlar”, “Yilning eng iste’dodli yosh shoiri”, “Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi”, “Yil hikoyasi” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Shuningdek, o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari doirasida bolalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmalari ham namoyish etiladi.

Free WordPress Themes