Maktabgacha ta’lim tizimi 2030 yilga qadar rivojlantiriladi - Dono.uz

Maktabgacha ta’lim tizimi 2030 yilga qadar rivojlantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya doirasida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovi oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishi hamda sifatli tibbiy parvarishi ta’minlanadi.

Qaror bilan Konsepsiyani 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» hamda 2019-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Free WordPress Themes