Millionerlarning eng asosiy siri ma`lum bo'ldi - Dono.uz

Millionerlarning eng asosiy siri ma`lum bo’ldi

Deyarli bir asr ilgari jurnalist Napaleon Hill Amerikaning eng badavlat va omadli ishbilarmonlari tomonidan qo’llanuvchi strategiyalarini kashf qilish missiyasiga otlandi.

U 20 yil davomida 500dan ziyod millioner hayotini o’rganib chiqdi, uning tadqiqotlari 1937 yilda tugallanib, «O’ylang va boying» bestsellerida o’z ifodasini topdi.

Hillning so’zlariga ko’ra, sevgi-muhabbat va romantika omad va boylikni belgilab beruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Bu his-tuyg’ular erkaklarni yuqori cho’qqilar sari chorlaydi.

Bill va Melinda Geyts

«Kareradagi eng muhim tanlov kimga uylanishingga bog’liq», – deydi Facebook tarmog’ining bosh operatsion direktori Sheril Sandberg.

Ko’pchilik bu fikrni qo’llab-quvvatlaydi, jumladan Ketrin Elford ham: «Agar men boshqa turmush o’rtoq tanlaganimda hayotim mutlaqo boshqacha bo’lardi…»

Bu omil katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar ham bunday fikrlarni qo’llab-quvvatlaydi. Sent-Luisdagi Vashington universiteti olimlari Brittani Solomon va Joshua Jyekson o’tkazgan tadqiqot ham insofli va farosatli  turmush o’rtoq maoshning sezilarli darajada oshishiga sabab bo’lishini ta`kidlashgan.

Mark Tsukerberg va Pristsilla Chan

Bunday yor o’z juftining kareraga katta e`tibor qaratishiga imkon yaratadi. Bundan tashqari, ularda o’z turmushidan mamnunlik hissi seziladi. Tadqiqotchilar uyda stress va dramaning yo’qligi hamda qulay sharoit ishdagi ruhiy va jismoniy faollikka olib kelishini ta`kidlashadi.

Hill falsafasining muayyan qismi eskirgan bo’lsa-da, uning mustahkam munosabatlar boylik va farovonlikka yetaklashiga doir fikrlari hanuz o’z isbotini topmoqda.

Napaleon Hill

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes