Oʻzbekiston boʻylab “Semiz bola — sogʻlom bolami?” aksiyasi tadbirlari uyushtirildi - Dono.uz

Oʻzbekiston boʻylab “Semiz bola — sogʻlom bolami?” aksiyasi tadbirlari uyushtirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakat bo‘ylab “Semiz bola — sog‘lom bolami?” aksiyasi doirasida faol yurish bo‘yicha ommaviy tadbirlar uyushtirildi. 

Xususan, ushbu tadbir poytaxtning Sergeli tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Bunday ommaviy tadbirlarning muntazam ravishda o‘tkazilishi aholining sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirib, jismoniy faol bo‘lishga undamoqda.

XXI asrda jamiyat duch keladigan eng jiddiy muammolardan biri bolalar o‘rtasida semirishdir. Bunday bolalarda qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklari, tayanch-harakat kasalliklari, ayniqsa, osteoatrit kabi ayrim infeksiyali kasalliklar kichik yoshda paydo bo‘lishi mumkin. Bolalarda semirish erta o‘lim va nogiron bo‘lish ehtimolining ortishi sabab bo‘ladi.

Bolaning vazniga ta’sir etuvchi birinchi omil kam harakat hayot tarzidir. Bolalar maktabda 6 soat, dars tayyorlash uchun 2 soat, televizorda qarshisida 2 soat, kompyuterga 2 soat ajratadi. Toza havoda sayr qilishga esa 1,5-2 soatgina vaqt qoladi Ko‘rinib turibdiki, bolaning ko‘p vaqti kamharakatlikda o‘tadi.

Ikkinchi omil — noto‘g‘ri ovqatlanishdir. Bugungi kunda do‘kon tokchalaridagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, tez tayyorlanuvchi yeguliklar, gazli ichimliklar va turli shirinliklarning aksariyati bolalar uchun zararli hisoblanadi. Bu bolalarning semirib ketishiga sabab bo‘lishi barobarida, turli kasalliklarga ham duchor etishi mumkin.

Faol hayot tarzi esa mana shunday salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarda semizlikning oldini olishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.

Mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan faol yurish tadbirlarida Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, barcha tibbiyot muassasalari shifokorlari, hududlardagi hamkor tashkilotlar vakillar hamda mahalla faollari ishtirok etdilar. Bunda faol yurish tadbirlaridan tashqari, bolalar uchun qiziqarli sport tadbirlari ham o‘tkazildi.

Free WordPress Themes