Prezident maktablariga qabul imtihonlarining namunaviy savollari e’lon qilindi - Dono.uz

Prezident maktablariga qabul imtihonlarining namunaviy savollari e’lon qilindi

Angliyaning Cambridge Assessment tashkiloti Prezident maktablariga kirish imtihonlari savollarining namunalarini taqdim etdi. Imtihonlarda nomzodlarga mazmunan shunday savollar beriladi, ammo bu sinovlarda aynan shu savollar tushadi degani emas.

«Ota-onalardan «Imtihonlarda farzandlarimizga qanday savollar beriladi?», «Ular nimalarga tayyorlanishsin?» degan ko‘plab murojaatlar bo‘layotgani uchun namunaviy savollarni e’lon qildik. Chunki bolaning tanqidiy va mantiqiy fikrlash qobiliyati qay tarzda baholanishi ko‘pchilikni qiziqtirayotgan edi. Mana endi bu haqda ma’lum bir tasavvurga ega bo‘lashadi. Cambridge Assessment tashkiloti e’lon qilgan namunaviy savollar hozircha ingliz tilida. Tez orada bu savollarning o‘zbek tilidagi namunalari ham e’lon qilinadi», – deydi XTV axborot xizmati.

Cambridge Assessment tashkiloti Prezident maktablariga qabulni shaffof va adolatli tashkil etishga mas’ul tashkilot sifatida tanlangan edi.

Cambridge Assessment ekspertlari o‘quvchilarning hujjat topshirish tartibi, imtihon kunlari, namunaviy test savollari to‘plamlarini tarqatishga oid masalalarni muhokama qilgan.

Imtihonlarning asosiy bosqichi axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha (16 ta masala), mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan (24 ta masala) hamda ingliz tili (55 ta test savoli) fanlaridan iborat bo‘lishi ma’lum qilingan.

minbar.uz

Free WordPress Themes