O‘zbekistonlik Milana Pak “Detskaya novaya volna” tanlovining final bosqichiga chiqdi - Dono.uz

O‘zbekistonlik Milana Pak “Detskaya novaya volna” tanlovining final bosqichiga chiqdi

Final bosqichining ochilish marosimida ko‘plab taniqli rossiyalik san’atkorlar hamda to‘qqiz davlatdan ishtirok etyaotgan final bosqichi ishtirokchilari chiqish qildi.

Joriy yilda tanlov 12-marta o‘tkazilmoqda.  Ishtirokchilarning chiqishlari “Artek-Arena” konsert maydonida bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda O‘zbekiston, Litva, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Belarus, Armaniston, Abxaziya, Rossiya va Malta kabi 9 mamlakatdan 11 nafar bola ishtirok edi.

Mehmonlar va hakamlar hay’ati a’zolari orasida Oleg Gazmanov, Lev Leshenko, Zara va Nyushalarni ko‘rish mumkin.

Milena Pak Tashkent International School maktabining oltinchi sinfida o‘qiydi. U bunga qadar ko‘plab xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan.

Free WordPress Themes