Mashhurlar farzandlariga nimani o‘rgatishadi? - Dono.uz

Mashhurlar farzandlariga nimani o‘rgatishadi?

Sayyoraning eng badavlat kishilari ro‘yxatini o‘rganib, butun dunyodagi mashhur korporatsiya vorislarini tarbiyalash borasidagi ayrim faktlarga oydinlik kiritildi.

Bill va Melinda Geyts

«Biz Melinda bilan katta pul o‘rniga bolalarimizning qobiliyatlarini kashf etishda yordam beradigan yaxshi ta’lim olishlari muhim deya qaror qildik. Ular ota-onasining milliardlariga ishonishlari emas, hayotdagi o‘rinlarini o‘zlari topishlari lozim”- deydi Bill Geyts intervyulardan birida. O‘zining barcha boyligini ota-onalar Bill va Melinda Geyts jamg‘armasiga o‘tkazishadi. Bu tibbiyotni rivojlantirish va qashshoqlikka qarshi kurashish bo‘yicha yirik kompaniya.

Jyeff Bezos, Amazon asoschisi, va uning sobiq rafiqasi, yozuvchi Makkenzi Bezos

Bu juftlik bolalar va o‘zlarini har tomonlama rivojlantirishga intilishadi. Ular birgalikda yangi taomlar tayyorlashadi, fermada jo‘jalarning tuxumni ochib chiqish jarayonini kuzatishadi, singapurcha dastur bo‘yicha matematika bilan shug‘ullanishadi, ta’lim klublariga borishadi va qo‘shni bolalar bilan sport o‘yinlarini uyushtirishadi.

Mark Tsukerberg, The Facebook asoschisi va Prissilla Chan

Mark Tsukerberg farzandlarini o‘z ota-onasining uslubiga ko‘ra tarbiya qiladi. U bolani jismoniy jazolash mumkin emas, axir bolaga har doim nima yaxshi va nima yomonligini tushuntirishning iloji bor deb hisoblaydi. U kichkintoylarni o‘zlarini munosib tutishga o‘rgatadi, chunki jamiyatda amal qilinishi kerak bo‘lgan muayyan cheklovlar mavjud

Shuningdek, Mark va Prissilla bola har tomonlama rivojlanishi lozim deb hisoblashadi. To‘garak, kurslar bu – yaxshi, biroq bola o‘ynashi ham muhim.

Free WordPress Themes