Bugun Butunjahon televideniye kuni. Televideniye tarixidan nimalar ma’lum?

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1996-yil 17-dekabrdagi qarorida 21-noyabrni Butunjahon televideniye kuni deb e’lon qilgan.

Bu qarorni qabul qilish haqida 1996-yil 21-22-noyabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotida bo‘lib o‘tgan Birinchi jahon televizion forumida kelishilgan.

BMT Bosh assambleyasi televideniyeni jahonning e’tiborini mojarolar, tinchlik va xavfsizlikka tahdid soladigan holatlarga hamda iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni o‘z ichiga olgan boshqa muhim masalalarga qaratishda muhim ta’sir kuchi deb tan olgan. Shuningdek, televideniya jamoatchilik fikrini boshqarishning muhim vositasi sifatida ham tan olinadi.

Televideniyaning kelib chiqishi XX asr boshiga to‘g‘ri keladi. 1930-yillarning boshlarida sovet olimlari va muhandislari Boris Rozing, Semyon Katayev, Aleksandr Konstantinov, Piter Timofeev, Pavel Shmakov, amerikalik ixtirochilar Vladimir Zvorykin va Filo Farnsuort, britaniyalik muhandis Alan Kempbell Suinton va boshqalarning sa’y-harakatlari tufayli televizor amaliy foydalanish bosqichiga olib chiqilgan.

Birinchi televizorlar tasvirlarni faqat qora va oq qora ranglarda ko‘rsatgan. 1950-yillarning boshlarida AQShda, SSSRda va keyin boshqa mamlakatlarda elektron rangli televizion tizimlar ishlab chiqilgan.

Birlashgan millatlar tashkilotining video bo‘limi ham mavjud. Bo‘lim dunyodagi gumanitar inqirozlar haqida video materiallar, inson huquqlari, tinchlik va xavfsizlik, taraqqiyot kabi dolzarb masalalar bo‘yicha hujjatli filmlar tayyorlaydi. Shuningdek, Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qiladi. Video bo‘lim o‘z faoliyatini 1947-yilda boshlagan va materiallarini BMTda amal qiladigan oltita tilda tayyorlaydi.

Ulashing | Поделись этим: