Dunyodagi eng qadimiy katta kitob qayerda saqlanadi? - Dono.uz

Dunyodagi eng qadimiy katta kitob qayerda saqlanadi?

Dunyodagi eng qadimiy kitob — Priss papirusi. U eramizdan avvalgi 3350-yili yozilgan. Ushbu qo‘lyozma 1839-yili uni Fivadan topgan Emil Priss sharafiga nomlangan. Qo‘lyozma muallifi — fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan. 

Dunyodagi eng katta lug‘at «Nemis lug‘ati» («Deutsches Wortetbuch») bo‘lib, u 1854-yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan tuza boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘shib, 1971-yili yakunlangan. 33 jildli ushbu lug‘at 34519 betdan iborat.

Mashhur golland vrachi German Burxavening «Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari» nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng (1738-yil) 10 000 dollar oltinga auksionda sotilgan. Bejirim bezalgan va g‘iloflangan kitob ochilganida uning barcha sahifalari bo‘sh edi. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: «Boshingni sovuqda qoldirsang ham, oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r vrachlarni ham kambag‘al qilasan».

Dunyodagi eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan «Leychester kodeksi» kitobidir. Uni «Microsoft» asoschisi Bill Geyts 1994-yili Nyu-Yorkdagi «Sotbis» auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.

Dunyodagi eng katta kitob holida chop etilgan majmua Irlandiya universiteti tomonidan 1968–1972-yillarda chiqarilgan 1112 jildli «Britaniya parlamenti hujjatlari»dir. Majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni to‘liq o‘qib chiqish uchun 6 yil ketadi.

Dunyodagi eng yuqori gonorar Rim imperatori Mark Avreliy tomonidan shoir Oppianga to‘langan. Uning baliq tutish va ov haqidagi dostonining har bir satri uchun 1 oltin tanga hadya qilingan. Uning ikki dostoni 20 000 baytdan iborat.

Free WordPress Themes