“Kundalik” loyihasi qachondan amalda? - Dono.uz

“Kundalik” loyihasi qachondan amalda?

Xalq ta’limi vazirligi va “Dnevnik.ru” kompaniyasi tomonidan umumta’lim maktablarida elektron jurnal va kundalik joriy etilishi haqidagi yangilikdan xabar topdik. Bu loyiha qachondan amalga oshiriladi? 

Jamshid SUVONOV, Forish tumanidagi 20-maktab o‘qituvchisi

Xalq ta’limi vazirligi va “Dnevnik.ru” kompaniyasi umumta’lim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish borasida ishlarni boshladi. Loyiha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Hozir Toshkent shahridagi maktablarda bu tizim sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov natijalari va maktablarning tayyorgarligiga qarab, yangi tizim 2021 yilga qadar boshqa maktablarda ham joriy etiladi.

Savolga Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari javob berdi.

Free WordPress Themes