5 tashabbus haqida she’r o‘qigan o‘quvchiga Prezident sovg‘asi topshirildi - Dono.uz

5 tashabbus haqida she’r o‘qigan o‘quvchiga Prezident sovg‘asi topshirildi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Bo‘ston mahallasida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiklari, yozuvchi va shoirlar, elimiz ardog‘idagi san’atkorlar ishtirok etdi.
Xabaringiz bor, joriy yil 1 iyun kuni Prezidentimiz Bo‘ka tumanidagi Bo‘ston mahallasiga tashrif buyurib, tumanda 5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi. Davlatimiz rahbari mazkur mahallaga tashrifi chog‘ida hududda joylashgan 27-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubova o‘zining 5 tashabbus, deb nomlangan she’rini o‘qib bergan edi.
Tadbir doirasida Fazilat Yoqubovaga Prezidentimiz sovg‘asi – “Kobalt” avtomobili topshirildi. 19-Bolalar musiqa va san’at maktabiga ham Prezident sovg‘asi – “Isuzu” avtobusi berildi.

Free WordPress Themes