Termiz tumanida oʻquvchilar uchun avtomashina topshirildi

Gulbahor mahallasi tuman markazidan olisda joylashgan boʻlib, bu yerda 18-umumtaʼlim maktabi va uning 2 ta filiali faoliyat yuritadi. Maktab filiallari boshlangʻich sinflar uchun moʻljallangan boʻlib, mahalla aholisi tarqoq joylashganligi sababli 5-sinfdan yuqori sinf oʻquvchilari 5-6 km masofadan maktabga piyoda qatnaydi.

Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolovning joriy yil avgust oyida Gulbahor mahallasida oʻtkazgan sayyor qabuli chogʻida fuqarolar uzoq masofadan maktabga qatnayotgan oʻquvchilar uchun masus avtoulov ajratish toʻgʻrisida murojaat qilishgandi.

Oʻquvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bugun 18-umumtaʼlim maktabiga yangi “Damas” avtomashinasi ajratib berildi. Endilikda uyi maktabdan uzoqda joylashgan oʻquvchilar dars mashgʻulotlariga ushbu avtomashinada qatnaydigan boʻldi.

Ulashing | Поделись этим: