Sizga olqish, sizga sharaf, Namangan bolalari! - Dono.uz

Sizga olqish, sizga sharaf, Namangan bolalari!

Namangan shahridagi 11-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining ijodkor-bolajonlari Rossiyaning Sochi shahrida oʻtkazilgan “Avrora-2019” V-ochiq bolalar va oʻsmirlar ijodiy festivalida faol qatnashib, yuqori oʻrinlarni egallab qaytishdi.
Ushbu nufuzli tanlovda ilk bor ishtirok etishlariga qaramasdan, viloyat vakillari koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritishdi, deya xabar beradi “Namangan24.uz” saytiga viloyat madaniyat boshqarmasi.
Taqdirlanganlar orasida;
Axrormirzo Rahmonov – “Cholgʻu ijrochiligi”, Gran-pri;
Nodiraxon Qosimova – “Xalq xoreografiyasi“, Gran-pri;
Rayxona Toshpoʻlatova – “Xalq xoreografiyasi”, I darajali diplom;
Durdona Egamberdiyeva – “Xalq xoreografiyasi“, I darajali diplom;
Muhammad Qozokboyev – “Cholgʻu ijrochiligi”, I darajali diplom;
Sarvinoz Umarxonova – “Xalq xoreografiyasi”, III darajali diplom;
Firdavsbek Shokirov – “Cholgʻu ijrochiligi”, III darajali diplom
mukofoti bilan taqdirlandilar. Gʻoliblarni tantanali tarzda kutib olindi.

Free WordPress Themes