Prezident maktablariga caralash imtihonlari 26-iyun – 3-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi - Dono.uz

Prezident maktablariga caralash imtihonlari 26-iyun – 3-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi

Prezident maktablariga hujjat topshirganlar soni rejalashtirilganidan oshib ketgani sababli kirish imtihonlarini o‘tkazishga ma’sul tashkilot Cambridge assessment saralash bosqichi imtihonlari (pre-selection) o‘tkazilishini ma’lum qildi. 

Xabarda qayd etilishicha, Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari 2019-yilning 26-iyun – 3-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ota-onalar o‘quvchilar bilan birgalikda 2019-yil 26-27-28-iyun kunlari Prezident maktablari saralash imtihonlariga tayyorgarlik kunlari saralash bosqichi imtihonlari bo‘lib o‘tadigan binoga kelishadi va imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni olishadi.

Hujjat topshirish vaqtidagi ma’lumotnomada qayd etilgan telefon raqamlariga ota-onalarning qayerga va qachon kelishi haqida SMS xabar yuboriladi. Ota-onalar SMS xabarni olganidan so‘ng Prezident maktablari rasmiy veb-sayti orqali QAYЕRGA VA QACHON borishlarini bilib olishlari mumkin.

Ota-onalardan kirish imtihonlariga tayyorgarlik kuni faqatgina PM.XTV.UZ veb-saytida ko‘rsatilgan manzil, vaqt va kunda kelish talab etilgan. O‘sha kuni ular o‘zlari bilan Prezident maktabida o‘qishga talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini olib kelishi shart.

Saralash bosqichi imtihonlari 29-30-iyun va 1-2-3-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Ota-onalar va o‘quvchilar imtihon haqida batafsil ma’lumot bilan 26-28-iyun kunlari xabardor qilinadi.

Saralash bosqichi imtihonlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan:

Toshkent shahrida – «O‘zko‘rgazmasavdo» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bino (Toshkent sh. Beruniy ko‘chasi 41-uy);

Urganch shahrida – «Yoshlik» sport majmuasi (Urganch sh. Yoshlik ko‘chasi 1-uy);

Namangan shahrida – «Barkamol avlod» sport majmuasi (Namangan sh. Istiqlol ko‘chasi).

Nukus shahrida:

– Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi (Nukus sh. M.Jumanazarov ko‘chasi 172-uy);

– Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati (Nukus sh. Chimboy guzari raqamsiz uy).

Free WordPress Themes