“Siz Xitoy haqida nimalarni bilasiz?” viktorinasi yakunlandi. Tanlovda eng ko‘p ball to‘plagan o‘quvchilar yo‘yxati bilan tanishing - Dono.uz

“Siz Xitoy haqida nimalarni bilasiz?” viktorinasi yakunlandi. Tanlovda eng ko‘p ball to‘plagan o‘quvchilar yo‘yxati bilan tanishing

Aziz o‘quvchilar! Qadrdon mushtariylar!

“Dono nashriyoti” Bosh hamkor – Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan “Siz Xitoy haqida nimalarni bilasiz?” viktorinasi yakunlanganligini Sizlarga ma’lum qilamiz.

2018 yilning oktyabr oyida boshlangan mazkur bilimlar sinovi 2019 yilning may oyiga qadar davom etdi. Shu muddatda “Bilimdon”, “Dono Word”, “Znayka” va “Excellent” jurnallarida mavzuga oid savollar e’lon qilib borildi. O‘z o‘rnida jurnallarimizda chop etilgan savollarga Siz aziz muxlislarimiz – o‘quvchilardan javoblarni katta mamnuniyat bilan qabul qilib bordik. E’tiboringiz, qiziquvchanligingiz, bilimdonligingiz uchun katta rahmat deymiz, albatta!

Viktorinaga kelgan javoblarni diqqat bilan o‘rganib chiqqan Hay’at o‘z ishini yakunladi. Tasdiqlangan Nizomga ko‘ra va savollarga to‘g‘ri javob yozib eng ko‘p ball yiqqan 20 nafar o‘quvchi aniqlandi. Quyida ularning ro‘yxati taqdim etilmoqda. G‘oliblarni taqdirlash joyi va sanasi tez kunlarda ma’lum qilinadi.

Viktorinamizda faol ishtirok etgan barcha mushtariylarimizga “Dono nashriyoti” o‘zining samimiy minnatdorligini bildiradi. Kelgusida o‘tkaziladigan tanlovlarimizda ham faol qatnashasiz degan umiddamiz.

“Siz Xitoy haqida nimalarni bilasiz?”  tanlovida eng ko‘p ball to‘plagan o‘quvchilar 
RO‘YXATI

Ishtirokchi ismi, familiyasi Manzil Savollar To`plangan ballar
1. Firdavs Obidov
(“Znayka” jurnali)
Farg‘ona viloyati,
Farg‘ona shahar, 2-maktab
45/45 39,5
2. Javohir Qodirjanov
(“Znayka” jurnali)
Namangan viloyati,
Chortoq tumani, 40-maktab
45/45 38
3. Daler Hikmatov
(“Znayka” jurnali)
Buxoro viloyati, 21-maktab 45/42 34,5
4. Alima Denislomova
(“Znayka” jurnali)
Namangan viloyati,
Namangan shahar,
4-mikrorayon
45/39 34
5. Sabriye Xalilova
(“Znayka” jurnali)
Toshkent shahri,
Yakkasaroy tumani,
89-maktab
45/39 31,5
6. Boburjon Najmiddinov
(“Bilimdon” jurnali)
Andijon viloyati,
Marhamat tumani,
24-maktab
45/40 28
7. Asadbek Abduyev
(“Bilimdon” jurnali)
Buxoro viloyati,
Shofirkon tumani,
7-maktab
45/37 26
8. Anvarjon Abdullayev
(“Bilimdon” jurnali)
Qashqadaryo viloyati,
Kitob tumani, 7-maktab
45/40 25
9. Ozodbek Ro‘ziyev
(“Bilimdon” jurnali)
(jurnal “Dono word”)
Buxoro viloyati,
Shofirkon tumani,
7-maktab, 6-sinf
45/39 23
10. Jamshidbek Mardonaliyev
(“Bilimdon” jurnali)
Farg‘ona viloyati,
Yozyovon tumani,
30-maktab, 5-“D” sinf
45/37 20
11. Durdona Murodova
(“Bilimdon” jurnali)
Farg‘ona viloyati,
O‘zbekiston tumani,
22-maktab
45/36 19
12. Diyorbek Tojimuratov
(“Dono word” jurnali)
Xorazm viloyati,
Gurlan tumani,
22-maktab, 9-“A” sinf
45/36 19
13. Gulnoza Muhammadiyeva
(“Bilimdon” jurnali)
 Farg‘ona viloyati,
O‘zbekiston tumani,
22-maktab, 6-sinf
45/45 18
14. Madinaxon No‘’monxo‘jayeva
(“Bilimdon” jurnali)
Farg‘ona viloyati,
O‘zbekiston tumani,
22-maktab
45/42 18
15. Asadbek Ibrohimjonov
(“Dono word” jurnali)
Farg‘ona viloyati,
Oltiariq tumani,
5-maktab, 9-“A” sinf
45/28 18
16. Zarnigor Mamadaliyeva
(“Dono word” jurnali)
Farg‘ona viloyati,
Yozyovon tumani,
30-maktab, 8-“A” sinf
45/42 16
17. Zuhra Mirzayeva
(“Dono word” jurnali)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
To‘rtko‘l tumani,
3-maktab, 9-sinf
45/25 15
18. Temur Mo‘minov
(“Excellent” jurnali)
Toshkent shahar 42/21 15,5
19. Sarvinoz Mamadaliyeva
(“Excellent” jurnali)
Farg‘ona viloyati,
Yozyovon tumani, 30-maktab
42/21 13
20. Asadbek Ruziyev
(“Excellent” jurnali)
Qashqadaryo viloyati,
Qarshi shahri, 7-maktab
42/16 11,5

Hurmat bilan,
“Dono nashriyoti”
rahbariyati, 
“Bilimdon”, “Dono Word”, 
“Znayka” va “Excellent” jurnallari
tahririyatlari

Free WordPress Themes