Prezident maktablari saralash imtihon natijalari e’lon qilindi - Dono.uz

Prezident maktablari saralash imtihon natijalari e’lon qilindi

Prezident maktablariga 29-iyun – 2-iyulda bo‘lib o‘tgan saralash imtihonlari birinchi bosqichining natijalari ma’lum bo‘ldi.

27 500 nomzoddan keyingi bosqichga 11 520 tasi o‘tdi.

Natijalarni onlayn tekshirish uchun:

1) Cambridge Assessment International Education tashkiloti veb-saytiga kirasiz.

2) Talabgor topshirgan hudud (Toshkent, Namangan, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ni tanlaysiz!

3) So‘ngra Prezident maktablariga topshirgan sinfi (5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinf)ni tanlaysiz.

4) Sizga taqdim etilgan 11 raqamlik maxsus identifikatsiya raqami orqali nomzodning natijasini bilasiz. Yakuniy bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi. Yakuniy bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

 

Birinchi bosqichdan o‘tolmaganlar appelyasiyaga topshirolmaydi.

Keyingi bosqich (asosiy) imtihonlari 21-24-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Imtihonlarning asosiy bosqichi axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha (16 ta masala), mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan (24 ta masala) hamda ingliz tili (55 ta test savoli) fanlaridan iborat bo‘lishi ma’lum qilingan. Ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 150 daqiqa (2 soat 30 daqiqa) vaqt beriladi.

minbar.uz

Free WordPress Themes