Farzandlaring bilan faxrlan, Rishton! - Dono.uz

Farzandlaring bilan faxrlan, Rishton!

Qadim tarixga ega bo‘lgan Rishton tumani iste’dodlarga boy, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yerdan ko‘plab olimu-fuzalolar yetishib chiqishgan. Nafaqat tumanimiz, balki mamlakatimiz nomini dunyoga tanitayotgan yosh iste’dod sohibi Muhammadaziz Sobirov ham ajdodlarining izlaridan bormoqda. Bugungi qahramonimiz haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Tumanimizdagi 27-umumiy urta ta’lim maktabining 3- sinfida talim olayotgan Muhammadaziz 20 iyul kuni Xitoy davlatining Guanjoy Fashon shahrida o‘tkazilgan Mental arifmetika bo‘yicha Xalqaro musobaqada ishtirok etib, faxrliy 3-o‘rinni egalladi. Aytib o‘tish joizki, ushbu musobaqada 46 davlatdan tashrif buyurgan 650 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Bugun yosh iqtidor egasiga Rishton tuman hokimligi tomonidan maxsus sovg‘a bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimi katta tantanaga aylandi.

Abror Dehqonov

Free WordPress Themes