Ota-onalar diqqatiga: bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qanday qabul qilinadi? - Dono.uz

Ota-onalar diqqatiga: bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qanday qabul qilinadi?

So‘ngi kunlarda Davlat xizmatlari agentligi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bolalarni Toshkent shahrida belgilangan davlat maktablariga (81 ta) qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul qilish bilan bog‘liq ko‘p savollar kelib tushmoqda.
Ushbu masala yuzasidan Agentlik quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq, Toshkent shahridagi 81 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga (asosiy kvota bo‘yicha) o‘quvchilarni qabul qilish xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatildi.
Hozirda, ota-onalarning fikr mulohazalari va takliflarini inobatga holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qo‘shimcha kvotalar berish bo‘yicha tegishli hujjat loyihasi ishlab chiqilib, https://regulation.gov.uz/oz/document/4929 portaliga xalq muhokamasiga qo‘yilgan.
QO‘ShIMChA KVOTALAR ASOSIDA…

1) umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda doimiy propiska asosida istiqomat qilayotgan fuqarolarning tegishli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan farzandlari;

2) mazkur umumiy o‘rta ta’lim muassasasida faoliyat yurituvchi pedagog va xodimlarning farzandlari;
3) akasi yoki opasi mazkur umumiy o‘rta ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan oilalarning maktab yoshiga yetgan farzandlari;
4) umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlarini qabul qilish rejalashtirilgan.
Xalq ta’limi vazirligining xabariga ko‘ra, ushbu muhokama 5 avgust kuni yakunlanib, tegishli Hukumat qarori qabul qilinishi kutilmoqda. Mazkur qaror qabul qilingach, qo‘shimcha kvota masalasi hal etilishi nazarda tutilmoqda.
Davlat xizmatlari agentligi 
Toshkent shahar boshqarmasi
Free WordPress Themes