Prezident sovg‘alarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga yetkazish boshlandi - Dono.uz

Prezident sovg‘alarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga yetkazish boshlandi

4Yangi yil arafasida joylarga yetkaziladigan o‘quv anjomlari, turli shirinliklardan iborat “Prezident sovg‘alari” kichkintoylar uchun unutilmas tuhfa hisoblanadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu yil ham O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sen yolg‘iz emassan” respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan ushbu bayramni yuksak saviyada o‘tkazish uchun qizg‘in hozirlik ko‘rildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi Mehribonlik va Muruvvat uylari o‘g‘il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uchun Prezidentning Yangi yil sovg‘alari yetkazilmoqda.

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan taqdim etiladigan 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan sovg‘alar tayyorlandi, — deydi Xalq ta’limi vazirligining axborot xizmati rahbari Bahriddin Shayvaliyev. — Prezident sovg‘alari Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga avtotransportda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarga “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining samolyotlari orqali joriy yilning 25—28-dekabr kunlari jadval asosida yetkazib beriladi.

Sovg‘alar 29-dekabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga topshiriladi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes