Muzqaymoq foydalimi yo zararli? - Dono.uz

Muzqaymoq foydalimi yo zararli?

Savol tug‘ilishi tabiiy: xo‘sh, muzqaymoq foydalimi yoki zararlimi? Muzqaymoqning ayrim foydali jihatlari xususida yuqorida qayd etildi. Endi ikki og‘iz so‘z zarari borasida:
• birinchidan, muzqaymoq juda kaloriyali. 100 gr muzqaymoq 250–500 gacha kilokaloriya saqlaydi. Bu esa kishi qomatiga sezilarli darajada zarar qiladi.
• ikkinchidan, muzqaymoq bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin. Nega deganda, uni iste’mol qilganda, tana harorati tezda pasayib, tomirlar torayadi va bosh miyaga qon kelishi susayadi. Bu jarayon o‘z navbatida og‘riqni keltirib chiqarish ehtimoli bor.

Kimlarga mumkin emas?

Kariyes (tish yemirilishi) bilan kasallanganlar, ateroskleroz, yurak ishemik xastaligiga mubtalo bo‘lgan kishilar bu totli muzqaymoqni iste’mol qilishi mumkin emas. Shu bilan birga, qand (saxaroza) asosida tayyorlangan muzqaymoq qandli diabet kasalligi bor kishilarga man etiladi.
Muzqaymoqni yaroqli muddati o‘tgach qabul qilmaslik kerak. Tayyorlangan sanasiga e’tibor qaratish shart. Chunki eski muzqaymoq pirovardida o‘tkir ichak xastaligining kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

M.Mirzasharipov,

dorishunos

Free WordPress Themes