O‘zbekiston xazinalari haqida nimalarni bilasiz? - Dono.uz

O‘zbekiston xazinalari haqida nimalarni bilasiz?

Ko‘pincha er ostiga ko‘milgan, yashirib qo‘yilgan va egasi olmagan, keyinchalik esa tasodifan topilgan qimmatbaho buyum va tangalar majmuini xazina deb ataymiz. Ular qimmatli tarixiy manbalar hisoblanadi.

Tarixda “O‘kuz xazinasi” nomini olgan Amudaryo xazinasi haqida ko‘pchilik eshitgan. Miloddan avvalgi IV–II asrlarga oid mazkur xazinadagi buyumlardan biri – oltin bilaguzuk milliy valyutamizning 100 so‘mlik kupyurasida ham aks etgan.

Dastavval ushbu xazina haqida biroz to‘xtalsak. Amudaryo xazinasi 1877 yilda Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish erida, Taxtiqubod kechuvi yaqinida topilgan. Xazina 179 oltin va 7 kumush buyum, shuningdek, 1500 kumush va chaqa tangalardan iborat. Ular 1897 yilda Londondagi Britaniya muzeyiga olib ketilgan. Bugungi kunda ham o‘sha erda saqlanmoqda.

Hozirgi Tojikiston hududidan topilgan mazkur xazina haqida amaldagi maktab darsliklarida ham ma’lumot berilgan. Biroq yurtimiz hududidan topilgan xazinalar haqida darsliklarda lom-mim deyilmagan. Shuning uchun ham aksariyat kishilar maktabda Amudaryo xazinasi haqida eshitgan bo‘lishsa-da, Vatanimiz hududidan topilgan ko‘plab xazinalar haqida hech narsani bilishmaydi.

Ko‘pincha er ostiga ko‘milgan, yashirib qo‘yilgan va egasi olmagan, keyinchalik esa tasodifan topilgan qimmatbaho buyum va tangalar majmuini xazina deb ataymiz. Ular qimmatli tarixiy manbalar hisoblanadi.

Free WordPress Themes