12 karra O‘zbekiston chempioniga uch xonali uy berildi - Dono.uz

12 karra O‘zbekiston chempioniga uch xonali uy berildi

O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachi Zamirajon Sanaqulovaga Buxoro viloyati hokimligi hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan uch xonali uy berildi.

Sportchi 12 karra O‘zbekiston chempioni, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi, Osiyo o‘yinlari sovrindori, Osiyo chempionatlari sovrindori, Jahon kubogi sovrindori, Xalqaro toifadagi sport ustasi, Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan » Jahon darajasidagi gimnastikachi» unvoni bilan taqdirlangan. Bundan tashqari u O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi hisoblanadi.

Free WordPress Themes