“Velosipedchi” ham javobgar bo‘ladimi? - Dono.uz

“Velosipedchi” ham javobgar bo‘ladimi?

Yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari singari velosipedchilar ham huquqbuzarlik uchun to‘liq javobgar hisoblanadi. Dastlab ma’muriy javobgarlik xususida. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda quyidagi normalar mavjud:

— velosipedchining alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastligi yoki mast emasligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi — eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (136 modda);

— velosiped haydovchining alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda yo‘l harakati qoidalarini buzishi – eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (138 modda).

— velosiped haydovchilarining yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya etmasligi — eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida, yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida avariya holatini vujudga keltirishi — eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (138 modda).

Darvoqe, velosipedni boshqarish uchun maxsus o‘quv kurslarini tugallash va imtihon topshirib, alohida huquqqa ega bo‘lish talab etilmaydi.

Ammo bu rulni velosipedning old, orqa va yon tomonlaridagi nur qaytargich chiroqlarini o‘rnatmaslik, rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno), yo‘lovchi tashish (ishonchli oyoq qo‘ygich bilan jihozlangan qo‘shimcha o‘rindiqda 7 yoshgacha bo‘lgan yo‘lovchini tashish bundan mustasno), gabaritdan bo‘yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga halaqit beradigan yuklarni tashish kabi yo‘l harakati qoidalarini buzish degani emas.

Shunday ekan, o‘zingiz va o‘zgalar sog‘ligi uchun yo‘l harakati qoidalariga amal qilaylik.

Chunki biz mashina minishga qiziqadigan, mashinani boylik sifatida qadrlaydigan XIX emas, mashinaga kundalik ehtiyoj ammo ekologiya kushandasi, cho‘ntak, asab o‘g‘risi sifatida yondashadigan XXI asr odami, zamonaviy insonmiz.

Zamonaviy insonesa avvalo jamiyat qonunlariga so‘zsiz itoat etadi.

“STREET LAW” targ‘ibot guruhi,
Navoiy viloyati

Free WordPress Themes