An’anaviy avgust kengashlari tashkil etiladi - Dono.uz

An’anaviy avgust kengashlari tashkil etiladi

Ma’lumki, yangi o‘quv yili oldidan xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining mas’uliyati va tashabbuskorligi, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati, mahoratini yanada oshirish, o‘quv dastur hamda darsliklardagi yangiliklar, o‘zgarishlar bilan tizim xodimlarini yaqindan tanishtirish, yangi o‘quv yilidagi muhim va ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida Avgust kengashlari tashkil etiladi. Bu haqda marifat.uz xabar berdi.

Joriy yilning 15-16-avgust kunlari Respublika o‘quv-seminari videokonferensiya shaklida o‘tkaziladi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar hududiy o‘quv-seminarlari 19-20-avgust, tuman (shahar)larda fan yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘ba va yalpi yig‘ilishlar 22-24-avgust, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida 27-28-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi, ma’lumot beradi vazirlik axborot xizmati

Respublika o‘quv-seminari dasturi asosida taqdimot, videoma’ruza, tarqatma materiallarni tayyorlanib, 15-avgustga qadar joylarga yetkaziladi. Shuningdek, seminar mashg‘ulotlarini o‘tish uchun sohaning tajribali mutaxassislari jalb etiladi.

Free WordPress Themes