Vestminster xalqaro maktabi o‘quvchilarni qabul qiladi - Dono.uz

Vestminster xalqaro maktabi o‘quvchilarni qabul qiladi

Toshkent Vestminster Xalqaro maktabi ingliz tilida bilim olish istagida bo‘lgan mahalliy hamda chet ellik o‘quvchilarni taklif etadi. Bu haqda kun.uz xabar berdi.

Toshkent shahridagi Vestminster Xalqaro maktabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 25 iyunidagi qaroriga asosan tashkil etildi. Maktabda o‘quv-uslubiy va ta’lim jarayoni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti va boshqa yetakchi xorijiy umumta’lim va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Toshkent shahridagi Vestminster Xalqaro maktabida bilim berish jarayoni xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida olib boriladi.

Maktab bitiruvchilariga ta’lim to‘g‘risidagi davlat namunasidagi shahodatnoma (attestat) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkonini beruvchi xalqaro darajadagi dasturlarning diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) ham taqdim etiladi.

Zamonaviy va betakror uslubda qad ko‘targan Toshkent Vestminster Xalqaro maktabi joriy yilning 16 sentabridan o‘z o‘quvchilariga eshiklarini ochadi. Maktabda 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, ya’ni maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich sinflarida moslashtirilgan ingliz o‘quv dasturiga hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy o‘quv dasturiga asosan darslar olib borilishi ko‘zda tutilgan.

Vestminster Xalqaro maktabida Birlashgan Qirollik, Amerika, Kanada va boshqa mamlakatlardan taklif etilgan o‘qituvchilar bilan bir qatorda yuqori malakali mahalliy o‘qituvchilar va tarbiyachilar ham faoliyat olib borib, dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanadilar.

Free WordPress Themes