Maktablarda inglizchani o‘qitish tizimi isloh qilinadi - Dono.uz

Maktablarda inglizchani o‘qitish tizimi isloh qilinadi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Reychel Aylend ingliz tili o‘qitilishini isloh qilishga qaratilgan harakatlar rejasi to‘g‘risidagi kelishuv xatini imzolagan.

Loyiha ingliz tili o‘qituvchilari malakasini maqsadli oshirish milliy tizimini samarali tashkil etishda foydali bo‘lishi kutilmoqda. Loyiha doirasida O‘zbekistonda Aptis for Teens testi asosida 9-10-sinf o‘quvchilarining ingliz tili bo‘yicha bilimlari baholanadi. Loyihaga kamida 150 ta mahalliy maktab jalb etilishi kutilmoqda.

“Britaniya kengashi ingliz tili o‘qitilishi hamda maktab tizimini takomillashtirishda bizning muhim hamkorimizdir. Vazirlik fikriga ko‘ra, maktab bitiruvchilari kamida uchta tilni – davlat, rus va ingliz tilini bilishi lozim. Bizning yangi qo‘shma loyihamiz ingliz tili o‘qitilishini yaxshilashi lozim, bu esa bitiruvchilarimizga yangi imkoniyatlar ochadi”, degan vazir Sherzod Shermatov.

  • Future English loyihasi ingliz tilini o‘rganish va o‘qitishda sifatni ta’minlashga qaratilgan global strategik rejani qo‘llab-quvvatlaydi.
  • Mazkur loyiha mavjud muammolarni aniq va ishonchli dalillar to‘plagan holda sifatli tadqiqot o‘tkazish hamda natijalardan kelib chiqib, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi va malaka oshirishiga ko‘maklashish orqali hal etishni ko‘zda tutgan.
Free WordPress Themes