Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi - Dono.uz

Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi

Mamlakatimiz umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda «uzedu» xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31 avgustdan 3 sentyabrgacha dam olish kunlari deb belgilangan.

Shu munosabat bilan, umumta’lim maktablarida yangi 2019-2020 o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi.

Free WordPress Themes