"Uning har bir yutug‘i mening kichik g‘alabamdir!" - Dono.uz

«Uning har bir yutug‘i mening kichik g‘alabamdir!»

Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifasida o‘g‘liga bag‘ishlab post va surat qoldirdi. Bu haqda «kun.uz» xabar berdi.

Suratdan ko‘rish mumkinki, uning o‘g‘li Miromon Tursunov fortepiano bo‘yicha «Improvizatsiya ustasi» yo‘nalishida g‘oliblik diplomini qo‘lga kiritgan.

«Miromon, bolajonim mening Uning har bir yutug‘i mening kichik g‘alabamdir!

Farzand tarbiyasini zahmatli, biroq juda zavqli sayohatga o‘xshataman. Bir umrlik sayohatga. Men bolalarim uchun birinchi navbatda ishonchli do‘st bo‘lishga harakat qilaman. Ularni qanday ko‘rishni istasam, o‘zim ham shunday, ularga namuna bo‘lishga intilaman!

Orzum o‘g‘limni musiqaga oshno qilish edi, buni ro‘yobga chiqarish uchun 25 yillik tanaffusdan so‘ng yana fortepiano qarshisiga o‘tirishimga to‘g‘ri keldi», – deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Free WordPress Themes