Asadbek respublikada tengsiz - Dono.uz

Asadbek respublikada tengsiz

Quvasoy shahridagi 1-IDUMning 11-“A” sinf o‘quvchisi Asadbek Odilov yaqinda bo‘lib o‘tgan fan olimpiadasining Respublika bosqichida ingliz tili fani bo‘yicha ishtirok etib, 92,5 ball to‘pladi va faxrli 1-o‘rinni egallab, respublikada tengsiz ekanligini isbotladi.
Shu munosabat bilan Quvasoy shahridagi MChJ shaklidagi “BUILDING MATERIALS PRODUCTION AND TRADING GROUP” qo‘shma korxonasi hamda xalq deputatlari Quvasoy shahar kengashi “Yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari” doimiy komissiyasining qaroriga asosan Asadbekga 50 million so‘mlik sertifikat berildi.
Asadbekning yana bir quvonchli yutug‘ini ta’kidlab o‘tish kerak. U yaqinda xalqaro Ayris tanlovida g‘olib bo‘lib, chet elda o‘qish imkonini beruvchi sertifikatni ham qo‘lga kiritdi.
Matn va surat muallifi Jahongir Mirzamatov
Free WordPress Themes