O‘zbekistonda yoshlar festivali o‘tkaziladi - Dono.uz

O‘zbekistonda yoshlar festivali o‘tkaziladi

Joriy yil 26—30-avgust kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘ylab “Buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo” ma’lum qildi.

Festival joylarda quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

26-avgustda Navoiy, Buxoro, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida;

27-avgustda Xorazm, Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida;

28-avgustda Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida;

29-avgustda Toshkent shahrida.

Festival davomida Prezidentning 5 ta tashabbusi asosida sport musobaqalari, kitob-savdo yarmarkalari, yosh tadbirkorlar mahsulotlari ko‘rgazmalari, faxriy o‘qituvchilar, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlar, “Robototexniklar tanlovi” hamda boshqa qiziqarli tadbirlar tashkil etiladi.

Free WordPress Themes