Mega tanlov g‘oliblari Xitoy bo‘ylab sayohatda (3-kun) - Dono.uz

Mega tanlov g‘oliblari Xitoy bo‘ylab sayohatda (3-kun)

Ertalabki nonushtadan so‘ng “Osmon ibodatxonasi” yodgorliklari maydonini tomosha qildik. Tarjimonimiz sayohat davomida yodgorliklar haqida ma’lumotlarni berib bordilar. Majmuaning umumiy maydoni 2,7 kvadrat km.U 1406 yildan 1420 yilgacha Imperator Yunle boshqargan minglar sulolasi davrida qurilgan bo‘lib, u taqiqlangan shaharning qurilishini boshqargan.
Dastlab u osmon va yer ma’badi deb nomlangan.110 yildan keyin (1530 –yilda) imperator Tszyaing boshqaruvi ostida u ”Osmon (ma’badi) ibodatxonasi” deb nomlana boshlagan. Buning sababi yer ibodatxonasi qurilgan edi.Bu ibodatxona shaharda yagona dumaloq minora bo‘lib, uni ”Hosil ibodatxonasi” ham deyishgan.Dehqonlar ibodatxonaga kelib ibodat qilib hosillari mo‘l bo‘lishini so‘rashgan. Ibodatxona YuNESKO Jahon me’rosi ro‘yxatiga kirgan. Tushlikdan so‘ng tez yurar elektr poyezdda eng chiroyli va zamonaviy shahar Shanxayga yo‘l odik.
Bizga Xuay ismli qiz hamrohlik qildi.Kechki soat 7 -00 da Shanxayda tarjimon Sasha ismli kishi kutib oldi. Chelaklab yog‘ayotgan yomg‘ir ostida rejaga ko‘ra «Xuanpu» daryosiga yo‘l oldik. Ikki yonimizda osmono‘par turli shakldagi binolarning tungi chiroqlar yog‘dusida tovlanishi, ayniqsa yomg‘ir ostida tekis va ravon asfatlarga tutashib ketgan aksini ko‘rib, xuddi ertaklar olamiga tushib qolgandek bo‘ldik.Shanxayni kichik Los Anjeles ham deyishar ekan. Biz shaxar bo‘ylab oqib o‘tgan “Xuanpu”daryosida katerda suzib shaharni tungi manzarasini tomosha qildik. Bu mo‘’jizaviy shaharni ta’riflashga til ojiz!Albatta bizning jurnallar bilan birga bo‘lsangiz,ishonamanki siz ham shunday bepul sayohatlarimiz qatnashchisiga aylanasiz! Shu o‘rinda Xuanpu haqida qisqa ma’lumot: daryoning uzunligi 97 km eni 400 m, chuqurligi 9 m.
Free WordPress Themes