Jizzax shahrida kitob doʻkoni ish boshladi - Dono.uz

Jizzax shahrida kitob doʻkoni ish boshladi

Jizzax shahridagi “Oʻrda” ekologik bogʻida “BOOK.UZ” brendi ostida kitob savdo majmuasi ish boshladi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda shahar hokimligi, Yoshlar ittifoqi hamda keng jamoatchilik vakillari, turli yoshdagi kitobxonlar ishtirok etdi.
Tadbirda davlatimiz rahbarining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasidagi tizimli ishlar yuksak samaralar berayotgani taʼkidlandi.
Kitob doʻkoni ekologik bogʻda tashkil etilganining boisi dam olish maqsadida kelganlarga yanada qulaylik yaratish, yoshlarni kitobxonlikka jalb etishdan iboratdir.
Kitob doʻkonida 200 nomdagi 25 mingdan ziyod nusxa kitob savdoga qoʻyilgan.
Free WordPress Themes