Farg‘onadan yana bir chempion! - Dono.uz

Farg‘onadan yana bir chempion!

Oltiariq tumani 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lum maktabi 11-sinf o‘quvchisi Muhammadqosim Yoqubov Rossiya Federatsiyasining Anapa shahrida o‘tkazilgan sportning kikboksing turi bo‘yicha Jahon chempionatida faxrli 1-o‘rinni egallab, yurtimiz bayrog‘ini ko‘kka ko‘tardi.

Umumjamoa hisobida O‘zbekiston jamoasi Rossiya Federatsiyasi jamoasidan keyin 2-o‘rinni egalladi. 11 ta oltin medal olgan jahon chempionlarimizdan 2 nafari farg‘onalik yoshlardir.

Jahon chempioni viloyatimiz aeroportida va Oltiariq tumanida munosib kutib olindi.

Chempionimiz Muhammadqosim Yoqubovni tantanali kutib olish marosimida viloyat ichki ishlar faxriysi R. Bog‘bonov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi rais o‘rinbosari X. Yusufjonov, chempionning murabbiylari, oila a’zolari, mahalladoshlari, 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lum maktabi direktori X. Rahimov hamda maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etib, samimiy tabrikladilar.

Shunday chempionlarimiz safi kengayaversin!

Free WordPress Themes