Qo’shtepalik sardorlar 5 ta muhim tashabbus bo’yicha qanday loyihalarni amalga oshirmoqda? - Dono.uz

Qo’shtepalik sardorlar 5 ta muhim tashabbus bo’yicha qanday loyihalarni amalga oshirmoqda?

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qo’shtepa tuman Kengashi tomonidan tumanidagi 50 ta umumiy o’rta ta’lim maktablarining bosh sardorlari uchun seminar-trening o’tkazildi.

Seminar davomida tuman va maktab sardorlari o’zaro fikr almashdilar. Ular Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning birinchi yo’nalishi — yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishni ko’zda tutgan holda tumandagi maktablar o’rtasida quvnoqlar va zukkolar jamoasini shakllantirib, bellashuvlar tashkil etishni rejalashtirmoqdalar.

Bundan tashqari, sardorlar besh tashabbusning to’rtinchi yo’nalishi — yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida yangi loyiha — «Kitob lotto» tanlovini tuman miqyosida tashkil etish taklifini ilgari surdilar. Shuningdek, saralangan loyihalarni amalga oshirish mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqdilar.

Seminar yakunida esa tuman sardorlari ishtirokchilarni o’z faoliyatlari, amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishtirdilar.

Free WordPress Themes