Mega tanlov g‘oliblari Хitoy bo‘ylab sayohatda (4-kun) - Dono.uz

Mega tanlov g‘oliblari Хitoy bo‘ylab sayohatda (4-kun)

Mehmonxonadagi shohona dasturxondan ertalabki nonushtani tanovul qilgach, Shanxay madaniyat yodgorliklari saroyiga yo‘l oldik.U yerda haqiqiy mo‘jizaga duch keldik. Devor bo‘ylab chizilgan X asrdagi rasmlar elektron usulda jonlantirilgan ekan.O‘sha davrdagi uylar, odamlarninig dala va bozorlarda mehnat qilib yurishlari, o‘sha davrdagi bolajonlarning ko‘chalarda o‘ynab yurishlari, qaxvaxonalardagi, savdo rastalaridagi jonli suratlarni ko‘rib xuddi kino ko‘rgandek bo‘lasiz. Eng hayratlanarlisi, rasmli devor pastida, oyog‘imiz ostidan oqib o‘tayotgan anhor ham elektronniy ekan, haqiqiy shildirab oqayotgan suvga o‘xshaydi. Bu bizlar uchun haqiqiy mo‘’jiza edi. Ajoyib sayohatdan so‘ng tushlikni Uyg‘ur restoranlaridan birida qilgach, Xitoyning Shanxay shahri markazidagi ”Vostochnaya jemchujina” Sharq marvaridi” teleminorasiga sayohat qildik. Teleminoraning balandligi 468 metr bo‘lib, osiyoda uchinchi, dunyo bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi. Minora ichida 267 metr balandlikda aylanuvchi restoran, 271 metr balandlikda bar va karaoke, 350 metr balandlikda tolmosha maydonchasi, konferensiya xonasi va qahvaxona joylashgan. Biz 350 metr balandlikdagi tomosha maydonchasidagi oynali poldan yurib, shaxarni ustidan tomosha qildik. Bu biz uchun navbatdagi mo‘’jizalardan biri edi. Hatto samolyotda ham to‘g‘ridan – to‘g‘ri oyoqlaringiz ostidagi yerni tomosha qilolmaysiz-da, ha bu tomosha ham quvonchli ham hayajonli edi. Avvaliga bir oz cho‘chidik so‘ng bu mo‘’jizaning qatnashchisiga aylandik. Mana shunaqa har kuni yangidan yangi mo‘’jizalar bizni lol qoldirar edi. Kechki ovqatni Turk restoranida tanovvul qildik. Kechki payt biz uchun ajratilgan yumshoq o‘rindiqli avtobusda shahar ko‘chalarini tomosha qilib, tartib bilan o‘z yo‘laklarida harakatlanayotgan velosiped va elektromopedlarni boshqarayotgan erkagu ayollarni ko‘rib, velosipedda uchgimiz ham keldi. Mana nihoyat mehmonxonamizga yetib keldik. Ha aytgancha, bu mehmonxonada Vladimir Putin, Jeki Chan va boshqa taniqli davlat arboblari dam olgan ekan. Koshona mehmonxona-yu shoxona dasturxonlar, mo‘’jizali sayohatlardan ba’zan bir-birimizga tush ko‘rmayapmizmi? deb qo‘yamiz-u ammo o‘zimizning havosi toza vatanimizni, oilamizni kundan –kunga soginayotganimizni yura –yurakdan seza boshlagan edik.

Free WordPress Themes