Farg‘onalik o‘smirlar Respublika chempioni! - Dono.uz

Farg‘onalik o‘smirlar Respublika chempioni!

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarining 2005 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Musobaqaning birinchi bosqichida “A” va “B” mintaqalarga bo‘lingan holda, uy-safar tizimidagi uchrashuvlarni yakunlab, U-14, U-15, U-16, U-17 yosh toifasidagi eng ko‘p ochko jamg‘argan sakkiztadan jami 32 ta jamoa ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan edi.
2005 yil tarbiyalanuvchilari o‘rtasida musobaqasining final uchrashuvida Farg‘ona va Andijon viloyati vakillari maydonga tushishdi. Murosasiz ruhda kechgan bahsda Farg‘onaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Ushbu yutuq Farg‘ona viloyatida bolalar futboliga yuqori darajada e’tibor berilayotganidan darak bermoqda.

Musobaqaning yopilish qismida turli nominatsiyalarda eng yaxshi deb topilgan futbolchilarga, O‘zPFL Bosh direktori Davron Shakurbanov, Respublika futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish oliy maktabi direktori Rustam Abdullayev, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadzelar g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alarni topshirishdi.

Musobaqaning eng yaxshilari bilan tanishing:
Eng yaxshi darvozabon – Nazirov Ziyodulloxo‘ja (Farg‘ona viloyati)
Musobaqa to‘purari – Komilov Murodjon (Farg‘ona viloyati)
Eng yaxshi o‘yinchi – Usmanov Azizbek (Andijon viloyati)

FINAL
Farg‘ona – Andijon – 3:1
Gol: Murodjon Komilov, Abdug‘affor Dehqonov (2), Azizbek Usmonov.

Jamoalar quyidagi o‘rinlarni egallashdi.
1-o‘rin Farg‘ona viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
2-o‘rin Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
3-o‘rin Namangan viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
3-o‘rin Surxondaryo viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi

Abror DEHQONOV tayyorladi

Free WordPress Themes