“Yosh matematiklar” olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi - Dono.uz

“Yosh matematiklar” olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida o‘tkazilgan “Yosh matematiklar” olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi.

Olimpiada 10-13, 14-15, 16-18 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi. Mazkur olimpiadada jami 400 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etib, 3 soat ichida 5 ta masala yechdi.

Ishtirokchilarning yozma ishlari xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari bo‘lgan tajribali hakamlar tomonidan baholandi.
Olimpiada natijalariga ko‘ra 3 ta yo‘nalish bo‘yicha 45 nafar g‘olib aniqlandi.

G‘olib o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.

Ahamiyatlisi, olimpiada ishtirokchilarining javoblari o‘sha yerning o‘zida tajribali soha mutaxassislari tomonidan tekshirilib, natijalari o‘quvchilarga javob varaqasi bilan birgalikda taqdim qilindi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning o‘z xatolari ustida ko‘proq ishlash imkoniyatini beradi.

Olimpiada natijalari asosida har bir yosh guruhi bo‘yicha 15 nafardan tanlab olingan jami 45 nafar eng iqtidorli o‘quvchilar xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik ko‘rish huquqini qo‘lga kiritdi va ular uchun alohida qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Free WordPress Themes