“Kamalak jilosi” Respublika koʻrik-tanlovi gʻoliblari taqdirlandi - Dono.uz

“Kamalak jilosi” Respublika koʻrik-tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Xalq taʼlimi vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi, Respublika “Sen yolgʻiz emassan” bolalar jamoatchilik jamgʻarmasi bilan hamkorlikda har yili “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida anʼanaviy “Kamalak jilosi” rasmlar koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda.

Mazkur tanlov joriy yilda oʻzgacha ruhda tashkil etildi. “Kamalak jilosi” Respublika rasmlar koʻrik-tanlovining yakuniy bosqichi “Xitoy mening tasavvurimda” shiori ostida boʻlib oʻtdi.

Koʻrik-tanlovda Respublikamizdagi “Mehribonlik” uylarining 1500 nafar tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Viloyat bosqichlarida gʻolib deb topilgan 100 dan ortiq akvarel rasmlar va 80 dan ortiq amaliy sanʼat asarlari mazkur koʻrik-tanlovning yakuniy bosqichiga taqdim etildi. Hayʼat aʼzolari tomonidan tasviriy asarlar yoʻnalishida 4 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilardan 3 nafar (1-, 2-, 3-oʻrinlar); 11 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilardan 3 nafar; amaliy sanʼat asarlari yoʻnalishida 4 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilardan Z nafar (1-, 2-, 3-oʻrinlar); 11 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilardan 3 nafar, jami 12 nafar hamda 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. 70 ta tanlab olingan rasmlar Xitoy Xalq Respublikasiga yuborildi va XXR tomonidan qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.

Tanlov yakunida hayʼat aʼzolari tomonidan aniqlangan “Kamalak jilosi” Respublika rasmlar koʻrik-tanlovi gʻoliblari va sovrindorlari “Sogʻlom avlod uchun” fondi, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmasining qimmatbaho sovgʻalari va diplomlari bilan taqdirlandi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

Free WordPress Themes