Mega tanlov g‘oliblari Xitoy bo‘ylab sayohatda (5-kun) - Dono.uz

Mega tanlov g‘oliblari Xitoy bo‘ylab sayohatda (5-kun)

Shanxay markaziga sayohat qildik. Osmono‘par binolar har xil shakllarda qurilgan, chiroyli va ozoda ko‘chalar, qavat-qavatli transport yo‘llari ikki tomoni va yo‘l o‘rtasida gullar bilan bezatilgan.

Alohida velosiped va ovozsiz elektromoped yo‘llarida hammasi tartib bilan harakat qilmoqda. Odamlar faqat piyoda o‘tish joyidan o‘tmoqda. Yana tushlik qaysi restoranga borishimizni tanlashimiz kerak. Biz ko‘proq musulmon restoranlariga borishimizni aytganmiz. Uyg‘ur restoranida maza qilib tushlik qildik. Tushlikdan so‘ng eng katta akvariumga tushdik.

Free WordPress Themes