Nogiron bola do'sti yordamida olti yildan beri maktabda o'qimoqda (video) - Dono.uz

Nogiron bola do’sti yordamida olti yildan beri maktabda o’qimoqda (video)

Sichuan provintsiyasida yashovchi nogiron bola sinfdoshi yordamida olti yildan beri maktabdagi o’quv mashg’ulotlarida ishtirok etmoqda. 12 yoshli Syuy Binyan quyoshli kunda ham, yomg’irli kunda ham do’sti Chjan Szeni maktabga ko’tarib keladi.

Syuy, shuningdek, do’stiga sinflar o’rtasida harakatlanishga va tushlik qilishga ham ko’maklashadi.

Bugunga kelib Syuy va Chjan — oltinchi sinf o’quvchilari. Chjan 4 yoshligida unda kamdan-kam uchrovchi bedavo kasallik tufayli oyoqlarini nazorat qila olmay qolgan. Shu bois u mustaqil ravishda harakatlana olmaydi.
-Unga men yordam bermasam, hech kim yordam bermas edi, — deydi Syuy.

U shuningdek, do’stiga uyga berilgan vazifalarni bajarishga ham ko’maklashadi.

Syuyning kelajakdagi eng katta orzusi — ulg’aygach, atrofdagi muhtojlarga yordam berishda davom etish va jamiyat uchun foydali ish qilish.

Free WordPress Themes