Jizzaxlik maktab oʻquvchilari Xalqaro sport festivalida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi - Dono.uz

Jizzaxlik maktab oʻquvchilari Xalqaro sport festivalida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi

Joriy yilning 4-10-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan “VII Xalqaro maktab sporti festivali” boʻlib oʻtdi. Unda 11 mamlakatdan kelgan terma jamoalar tarkibidagi 483 nafar oʻquvchilar qatnashdi.

Sport festivalida Oʻzbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Turkmaniston, Belorussiya, Moldova, Qozogʻiston hamda Qirgʻiziston davlatlari maktab oʻquvchilari sportning badminton, basketbol, voleybol, mini-futbol, stol tennisi, shaxmat hamda mini suv polosi turlaridan bellashdilar.

Yurtimiz sharafini himoya qilgan Jizzax viloyati Zarbdor tumani 2-, 3-, 9- maktab oʻquvchilaridan shakllantirilgan 8 nafar sportchi qizlar ushbu festivalda sportning voleybol turi boʻyicha faxrli uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Tatariston Respublikasi Sport vazirligi matbuot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, musobaqalardan soʻng sportchilar Qozonning diqqatga sazovor joylariga sayohat qildi. Soʻngra Taniqli sportchilar haqidagi film namoyishi va mahorat darslarida ishtirok etishga muvaffaq boʻldi.

Free WordPress Themes